Qanday qilib web sayt yaratish mumkin?
Avtor yodgora
Yaratilgan sana: juma 13 sen 2024
Yangilangan: juma 13 sen 2024
Hozir siz o’qib turgan web sayt Java da Spring Boot frameworkida yozilgan. Unda oddiy amallarni bajarishingiz mumkin, ro’yxatdan o’tishingiz (ismingiz va parolingiz malumotlar omborida saqlanib qoladi ) va shu malumotlardan foydalanib web saytga kirishingiz yani login qilishingiz. Dasturlashda shu narsani tushunib yetdimki, nimadir yaratsangiz sizga o’sha narsani yaratish uchun qanday objectlar kerakligini tassavur qilishingiz kerak. Masalan, oddiy websayt misolida. Bitta odam web sahifaga kiradi va unda postlar yaratadi. Demak, bizga Account (bu siz) va Post(bu sizning postlarinigiz) objectlari kerak boladi. Lekin siz hamma web saytingizga kirib post yozib qoldirib ketishini xohlamaysiz, faqat siz yozgan postlarni o’qishini xohlaysiz. Uning uchun foydalanuvchi, ya’ni accountlarni nimaga ruxsati bor yoki yo’qligini belgilab beruvchi Authority objecti kerak bo`ladi. Biri oddiy foydalanuvchiga, biri esa adminga. Oddiy foydalanuvchi faqat post o’qiy olsa , adminlar esa post yarata olish, o’chirish, tahrir qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu hali hammasi emas.Ma’lumotlar ma’lumotlar omboriga to’g’ri saqlanishi uchun 1. Siz postning avtori va avtor yaratilgan postlar o’rtasidagi bog’liqlikni ; 2. Avtor va avtorning roli(oddiy user yoki adminmi) o’rtasıda bog’liqlikni yaratishigiz kerak. 3. Bog’liqlik so’ziga tushumagan bo’lsangiz, qisqacha qilib avtor post yaratganda , malumotlar ombori postni avtorga tegishliligini va avtor post yaratish huquqiga ega ekanligini tushungan holda malumotlarni saqlashi tushunilladi. Web sayt Wazoo Web Bytes ning “Build and Entire blog from scratch in 120 minutes“ videosini ko’rib yaratilgan. Videoni korishdan oldin sizda Java, Spring, Spring MVC, Hibernate va Spring Security bo`yicha boshlang’ich bilimlar bo’lishi talab qilinadi. Boshlang’ich bilimlar bo`lsag 2 soatda yaratish mumkindir, lekin menga 3 oy ketdi nima qilayotganimni tushunish uchun.